Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlash, vaziyatni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
- 1-o‘rin — Normahmadov Ibrohim.
- 2-o‘rin — Ismoilova Bahora.
- 3-o‘rin — Abdumajidova Lola.
Mazkur musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shaxmatni talabalar orasida ommalashtirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.