Fakultet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo’lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko’plab ko’zga ko’ringan O’zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo’ygan va o’zlaridan keyini ko’plab shogirdlar qoldirgan marhum ustozlar, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston xalq rassomlari va ko’plab taniqli rassomlar fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan. Fakultet tarkibida 6 ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan: “Dastgohli rangtasvir”, “Mahobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi”, “Haykaltaroshlik” va “Chizmatasvir” kafedralaridir. Hozirda fakultet “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, “Mard o’g’lon” ko’krak nishoni sovrindori, Nomdor stipendiyalar sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar va nufuzli tanlovlar g‘oliblari tahsil olib kelmoqda.
Kafedralar
Fakultetda faoliyat yurituvchi kafedralar
Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi
Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi
Mahobatli rangtasvir kafedrasi
Dastgohli rangtasvir kafedrasi
Chizmatasvir kafedrasi
Haykaltaroshlik kafedrasi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti nomi bilan mashhur, mahoratli tasviriy va amaliy san’at ustalarini tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohidir. 1959-yildan boshlab institutda haykaltaroshlik alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida shakllana boshladi.
Yo'nalishlar
Fakultetda 39 ta ta'lim yo'nalishi mavjud